TDSHU va Davlat statistika qo’mitasining markaziy apparat boshqarma rahbariyatining uchrashuvi
🇺🇿2021-yil 4-noyabr kuni TDSHU “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm” fakultetida universitet bitiruvchilarini ishga qabul qiluvchi tashkilotlardan biri bo’lmish Davlat statistika qo’mitasining markaziy apparat boshqarma rahbariyati bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Tadbir universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva tomonidan ochib berildi.Tadbirda joriy yilning 1–25- noyabr kunlari sinov tariqasida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni, shu yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati hamda yurtimizda tashqi savdo statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo’yicha ma’ruzalar va taqdimotlar tinglandi.
Shuningdek, TDSHU va Davlat statistika qo’mitasi o’rtasidagi kelgusidagi hamkorlik aloqalari, talabalar amaliyotini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tadbirda faol ishtirok etgan professor-o’qituvchilar va talabalar Davlat statistika qo’mitasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
TDSHU Matbuot xizmati