27-sentabr – Butunjahon turizm kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi
Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 27-sentabr – Butunjahon turizm kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Shu munosabat bilan universitetga Farg’ona viloyati hokimining birinchi o’rinbosari, TDSHU bitiruvchisi Xurshidjon Ahmedov tashrif buyurdi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda Turizm va Gid hamrohligi yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdi.
X.Ahmedov uchrashuv chog’ida yig’ilganga Farg’ona viloyatida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, TDSHUning Rishton tumanida turizm salohiyatini oshirish borasida olib borayotgan faoliyati va boshqa masalalar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv do’stona-samimiy ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.