Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

2022-yil 12-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Janubiy Koreyaning “Tashkent Development Construction Company (TDC.Co)” kompaniyasi prezidenti In-chang Choi rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida kompaniyaning ijrochi maslahatchisi Young-boon Kim, kompaniya direktori Joung-vook Lee va bosh menejeri Yun-chang Songlar qatnashishdi.

Uchrashuvda TDSHU rektori G.Rixsiyeva tomonidan O‘zbekiston va Janubiy Koreya strategik hamkorligi rivojlanib borayotganligi, buning zaminida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili 16-18 dekabr kunlari Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi O‘zbekiston-Koreya munosabatlarining rivojida yangi sahifa ochganligi, uning natijalari mamlakatlarimiz va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida Koreya ishbilarmonlar doirasining hissasi sezilarli darajada ortib borayotganligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida “Tashkent Development Construction Company (TDC.Co)” kompaniyasi prezidenti In-chang Choi o‘z so‘zida universitetda amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berib, mazkur kompaniyaning faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi hamda kelgusida universitet bilan hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, Toshkent viloyati Nurafshon tumanida qurilayotgan xalqaro universitet bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘nggida TDSHU va “Tashkent Development Construction Company (TDC.Сo)”  o‘rtasida hamkorlik qilish maqsadida bildirilgan takliflar o‘zaro manfaatli ekanligi e’tirof etilib, Koreya va O‘zbekiston munosabatlari o‘rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan yaqin davrda kompaniya vakillari tomonidan universitetda ma’ruzalar o‘qishni tashkil etish hamda talabalarning ushbu kompaniyalarda amaliyotlarini o‘tashlari bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

photo_2023-08-04_22-52-12

04.08.2023, 22:53 887