Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

6-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Yosh koreyashunos ilm va ijod ostonasida” xalqaro talabalar forumi bo‘lib o‘tdi

07.04.2022, 10:01 Yangiliklar 1271

     6-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Yosh koreyashunos ilm va ijod ostonasida” xalqaro talabalar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda respublika mahalliy oliy o‘quv yurtlari, Koreya Respublikasining Toshkentdagi oliy ta’lim muassalari filiallari va xorijda tahsil olayotgan talaba yoshlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Forumning ochilish qismini Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor – Sayfullayev Durbek Baxtiyarovich ochib berdi. Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri professor Saydazimova Umida Turaxanovna forumning maqsad va ahamiyati xususida fikr bildirib yig‘ilganlarni O‘zbekiston-Koreya diplomatik aloqalari hamda Koreys filologiyasi kafedrasining 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
Forum davomida ishtirokchilar “Koreys tili va adabiyoti madaniyat chorrahasida”, “Koreys tilini o‘rganishga lingvomadaniy yondashuv”, “Sinxron tarjima: Qayta yaralish san’ati muammolari”, “O‘zbekiston-Koreya: Islohot va o‘zgarishlardagi yangi qadamlar, manfaatli hamkorlik” mavzularida tayyorlagan ilmiy materiallari bilan ishtirok etdilar. Sobirova Madina, Shin Viktoriya, Nosirovaq Malika, Shin Ji Sun, Turlibekova Oygul tomonidan taqdim etilgan ilmiy maqolalar forumda qizg‘in baxs-munozaralarga sabab bo‘ldi.