78-maktabda davra suhbati o’tkazildi
2018-yilning 16-oktabr kuni Toshkent shahrining 78-sonli maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari va davlat stipendiyasi sohiblari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda TDSHI rektori A.Mannonov so‘zga chiqib, ma’naviy komillikka erishish uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi, buyuk allomalarimizning boy me’rosi va ularni yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni, kitobxonlik, sharqshunoslik instituti faoliyati, sharqshunos kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
Institutimiz professor-o’qituvchilari, davlat stipendiyasi sohiblari ham o’quvchi yoshlar bilan o’zaro fikr almashib, bilim olishning ahamiyati, malakali kadr bo’lib yetishish uchun yoshlikdan nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirib o’tdilar.
Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shu bilan birga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr qilingan bir qator kitob va jurnallar maktab kutubxonasiga sovg‘a qilindi.