Nogironligi bor shaxslarni qulay sharoitlar bilan ta’minlash
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti nogironlar uchun barcha sharoitlarni yaratadi, ularning muammolarini bartaraf etishga yordam beradi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 8 nafar chin yetim, 49 nafar nogironligi bo‘lgan, 56 nafar temir daftar va yoshlar daftariga kirgan talabalar mavjud.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratadi.
Universitet 2023-yilda Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari, jamoaga o‘rnak bo‘layotgan, turli ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etayotgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, qiynalgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijarada yashayotgan talabalarga moddiy yordam ajratilib kelinmoqda, jumladan:
– Ijarada yashayotgan 567 nafar talabalarga ijara puli har oyda jami
170 100 000 so‘m to‘lab berildi;
– Ijtimoiy himoyaga muhtoj talablar uchun 47 125 000 so‘m moliyaviy yordam berildi;
– Sharqshunos talabalarning ko‘klam festivali uchun 46 600 000 so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi;
– “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovining g‘oliblari uchun 22 100 000 so‘m mablag‘ to‘lab berildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan hamda 1-2-3-4-kurslarda tahsil olayotgan ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning 58 nafariga Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda kontrakt pullari to‘lab berildi.
Shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tahsil olayotgan boquvchisini yo‘qotgan talabalarga subsidiya ajratish to‘g‘risida universitet rektorining 2023-yil 14-dekabrda 378-UM-sonli Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan universitet talabalariga o‘qiyotgan davrida ham o‘quv yilida bir marotaba o‘quv ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalarni ajratish bo‘yicha buyrug‘i chiqdi. Ushbu buyruqqa binoan tegishli talabalarga subsidiyalar ajratildi.