Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Adabiyotda madaniy-ma’rifiy qadriyatlarning in’ikosi mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

19.08.2025, 13:54 E'lonlar 1508

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOShKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

XALQARO ILMIY ANJUMAN

 

AXBOROT XATI

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti” oliy maktabi tomonidan “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida(O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-son Farmoni)ga asosan 2025-yilning 18-19-sentabirida Hindistonning Javaharlal Nehru universiteti hamkorligida “Adabiyotda madaniy-ma’rifiy qadriyatlarning in’ikosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

 Konferensiya quyidagi sho‘balarda tashkil etiladi:

  1. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik masalalari
  2. Madaniyatlararo muloqot va tarjima muammolari
  3. Tarixiy aloqalar, tarixshunoslik va etnografiyaga doir tadqiqotlar
  4. Xalq ijodiyoti masalalari

Konferensiya materiallari quyidagi mavzularni qamrab oladi:

 Adabiyot milliy va madaniy o‘zlikni namoyon qilish vositasi sifatida.

  • Turli davr adabiyotlarida madaniyat va anʼanalar aks etishini tahlil qilish.
  • Adabiyot tarixi manbai sifatida: muayyan davr va mintaqalarning anʼanalari

va madaniyatini o‘rganish.

  • Adabiy asarlarning jamiyatdagi madaniy va anʼanaviy tasavvurlarga taʼsiri.
  • Adabiyot orqali anʼanalarni asrab-avaylash va targ‘ib qilish jarayoni;
  • Adabiy asarlarda xalq anʼanalari, urf-odatlari va afsonalarini o‘rganish.
  • Folklor syujetlarining yozma adabiyotda aks etishi;
  • Ijtimoiy meʼyorlar va urf-odatlarning adabiyotda ifodalanishi.
  • Adabiyot orqali turli xalqlarning kundalik hayoti, oilaviy anʼanalari va marosimlarini o‘rganish.
  • Adabiy asarlarni tarjima qilishda madaniy va anʼanaviy elementlarni saqlash va asrab-avaylash masalalari.

Maqolalar quyidagi talablar bo‘yicha tayyorlangan bo‘lishi lozim:

  • 5-6 bet hajmda, 1 intervalda, (chapdan 3 sm, yuqoridan 2,0 sm, quyidan 2,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm) kompyuterning Microsoft Word muharriri, Times New Roman dasturida 14 o‘lchamli shriftda yozilishi;
  • Maqolaning tepa qismi o‘rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan to‘q shriftda beriladi. Keyingi qatorning o‘rtasida muallif haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim: familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi (oliy o‘quv yurti nomi, shahar, mamlakat), telefon raqami va elektron manzili kursivda beriladi.
  • Annotatsiya va kalit so‘zlar uch tilda: o‘zbek, rus, ingliz tillarida yoziladi. Annotatsiya hajmi masofalarsiz 250 belgidan oshmasligi kerak. Kalit so‘zlar: 5-6 ta so‘z.
  • Maqolalar quyidagi tartibda shakllantirilishi lozim:
  • Annotatsiya, tayanch so’zlar
  • Kirish
  • Asosiy qism
  • Xulosa
  • Adabiyotlar
  • Maqolalar o‘zbek, ingliz, hindiy-urdu tillarida qabul qilinadi.

 

  • Konferensiya materiallari Google Scholar bazasida indekslanadi.
  • Har bir maqolaga DOI (Digital Object Identifier) raqami
  • Ishtirokchilarga elektron to‘plam va sertifikat taqdim etiladi.
  • Barcha konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etiladi.

 

Maqolalar 2025-yilning 1-sentabrga qadar elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga yuborilishi lozim (Kechikib yuborilgan maqolalar qabul qilinmaydi va hamkasblarimizdan belgilangan muddatni e’tiborga olishlari va ilmiy odob qoidalariga qat’iy amal qilishlari so‘raladi).

Maqolalar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va  tugallangan fikrlar asosida, amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.

Anjuman mavzusiga, ilmiy me’yorlarga va texnik talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi. Nashr uchun to‘lov haqida maqola nashrga qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

Maqolalar quyidagi pochta manziliga yuborilishi lozim: shohsadul@gmail.com;  mohiraumarova3090@gmail.com

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 20. TDShU, B bino, Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi.

 

ANJUMAN TALABNOMASI ShAKLI:

  • Respublika, shahar
  • Familiyasi
  • Ismi
  • Otasining ismi
  • Ilmiy daraja
  • Ilmiy unvon
  • Ish joyi manzili
  • Xizmat telefoni, Uyali telefon
  • Elektron pochta manzili
  • Anjuman yo‘nalishi (sho‘ba)
  • Maqola mavzusi
  • Ishtirok shakli (ma’ruza qilish, onlayn ishtirok, faqat maqola berish)

 

Tashkiliy qo‘mita