Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-maʼrifiy haftalik bo’lib o’tdi
2025-yil 14-may kuni Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-maʼrifiy haftalikning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan xalq og‘zaki ijodi va folklor namunalariga asoslangan sahna chiqishlari, mashhur adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan ko‘rinishlar namoyish etildi. Shuningdek, kitoblar ko‘rgazmasi hamda respublikamizning turli hududlariga xos milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni aks ettiruvchi badiiy chiqishlar tashkil etildi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy g‘urur va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.






