Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida mavzusida xalqaro konferensiya

15.08.2025, 12:03 E'lonlar 2515

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI

TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI

O‘ZBEKISTON MILLIY MEDIA BIRLASHMASI

 

AXBOROT XATI

2025-yil 16-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti va O‘zbekiston milliy media birlashmasi bilan hamkorlikda “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida”  mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil qilinmoqda.

 

Konferensiya maqsadi va vazifalari:

Umumiy tarixni anglash, birgalikda baho berish va yoshlarga haqiqiy tarixni yetkazish asosida turkiy xalqlarni yanada yaqinlashtirish;

Qoraxoniylar davri umumiy tarixiy va madaniy merosni ommalashtirish orqali turkiy davlatlardan sayyohlarni jalb qilish hamda u bilan bog‘liq maskanlarni “Tabarruk ziyorat” loyihasiga qo‘shish va bunday maskanlarning elektron xaritasini yaratishda inobatga olish.

 

Yig‘in maqsadlariga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

IX – XIII asr boshi va undan keyingi davrlarda turkiy davlatchilikning holati va rivojlanishi;

Qoraxoniylar davri Turondagi diniy vaziyat;

Qoraxoniylar davri Turondagi etnik vaziyat;

Qoraxoniylar davrida turkiy yozma adabiy tilning taraqqiyoti va xalqaro mavqei. Qur’on karimning ilk turkiy tarjimalari;

Qoraxoniylar davri ilm-fan markazlari;

Konferensiyada ishtirok etishga yetakchi sharqshunos, tilshunos, tarixchi, manbashunos, faylasuf, siyosatshunos olimlar bilan birga turkologiya sohasida tadqiqot olib borayotgan professor-oʻqituvchilar, yosh tarixchi olimlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar taklif etiladi.

 

Konferensiya quyidagi boʻlimlarda oʻtkaziladi:

  1. Qoraxoniylar davri tarixi, davlatchiligi va boshqaruvi
  2. Qoraxoniylar davrida ilm-fan va madaniyat
  3. Qoraxoniylar davrida til va adabiyot
  4. Turkiy islom madaniyatining yuzaga kelishida qoraxoniylarning o‘rni
  5. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarini o‘rganishning dolzarb masalalari

Shuningdek, konferensiya doirasida “Tabarruk ziyorat loyihasini rivojlantirish va Alp Er To‘nga” mavzusida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Konferensiyada muhokama qilinadigan masalalar asosida ilmiy toʻplam nashr etiladi. Unda ishtirok etish uchun maʼruza matnlari (elektron variantda) va talabnomalar 2025-yil 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

 

Taqdim etiladigan maqolalar quyidagi tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak:

  1. Konferensiya materiali bir nusxada va elektron shaklda ikkita fayl:
  • maqola (FISH_maqola) koʻrinishida doc/docx formatida
  • talabnoma (FISH_talabnoma) koʻrinishida doc/docx formatida
  1. Rasmiylashtirish talablari:
  • Shrift: Times New Roman, 14 pt; Satr oralig‘i: 1.0 (yakka)
  • Chegaralar: Yuqori va chap tomondan 2.5 sm, o‘ng va past
  • tomondan 2.0 sm
  1. Maqola tuzilishi:
  • Birinchi qator: maqola sarlavhasi, kattalar bilan, qalin harflarda va markazga joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
  • Ikkinchi qator: muallifning to‘liq ismi-sharifi (familiya, ism, otasining ismi).
  • Uchinchi qator: muallifning tashkiloti, ilmiy darajasi, unvoni va lavozimi.
  • To‘rtinchi qatordan boshlab asosiy matn yoziladi.
  1. Asosiy matnni rasmiylashtirish:
  • Satr oralig‘i: 1.0
  • Abzas bo‘shligi: 1 sm
  • Tekislash: ikki tomonlama
  • So‘zlarni ajratish: avtomatik
  1. Manbalar:
  • Maqola oxirida to‘liq foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilishi lozim.
  • Scopus, Web of Science kabi xalqaro ilmiy bazalarga kiritilgan jurnallardagi manbalarga ustunlik berilishi kerak.
  1. 6. Qabul qilinadigan tillar:
  • Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi.
  1. Ilmiy sifat:
  • Maqola ilmiy uslubda yozilgan, grammatik va stilistik jihatdan tahrirlangan bo‘lishi shart.
  • Muallifning tashkilotga aloqadorligi aniq ko‘rsatilishi lozim.
  1. 8. Xulosa va tavsiyalar:
  • Har bir maqolada mavzuga oid muhim xulosalar va amaliy yoki nazariy tavsiyalar berilishi kerak.
  1. Tahririyat ko‘rib chiqishi va tanlab olish:
  • Yuqoridagi talablarning barchasiga to‘liq javob beradigan maqolalar tahririyat ko‘rib chiqishidan o‘tgandan so‘ng ilmiy to‘plamga kiritiladi.
  • Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tanlash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Maqolalar quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi 20-uy.

 

Alimixamedov Rixsitilla

Tel.: +998 90 996-86-23  (mobil, telegram)

 

Zokirov Bexzodjon

Tel.: +998 91 791-75-75  (@bekhzodzokirov, telegram&whatsapp)

E-mail: zbexzodz@gmail.com

N A M U N A

MAQOLA NOMI

 Ishtirokchininng familiyasi, ismi, sharifi ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi.

Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn.

Adabiyotga iqtibos keltirish tartibi:

Muallif. Nashr nomi. Nashr qilingan joyi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili, umumiy beti.

Konferensiya qatnashchisi talabnomasining namunasi:

  1. Familiya, ism, sharifi
  2. Ilmiy darajasi va unvoni
  3. ORCID________________________________________________
  4. Ish joyi, lavozimi
  5. Maqolaning nomi
  6. Telefon
  7. E-mail _______________________________________________