Anqara-G‘ozi-Sharqshunoslik universitetlarining hamkorligi amalda
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Turkiy tillar” kafedrasi 15-iyun kuni Turkiyadagi hamkor universitetlar bilan “Til o‘qitishda zamonaviy metodlarning ahamiyati” mavzusida vebinar tashkil qildi. Vebinarda G‘ozi universitetining professori, filologiya fanlari doktori Fatma Achik “Xorijiy tilni o‘qitishda pedagog qo‘llaydigan metod va strategiyalar” mavzusida, Anqara universitetining professori, filologiya fanlari doktori Aynur O‘z O‘zjan “Turkiyada o‘zbek tilini o‘qitish metodlari” mavzusida o‘zbek tilida ma’ruza qildilar. Ma’ruzani TDShU prorektori E.Mahmudov ochib berdi. Vebinar yakunida ma’ruzachilarga tinglovchilar tomonidan o‘zini qiziqtirgan bir qator savollar berildi. Mazkur vebinar xorijiy tilni o‘qitayotgan professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy va amaliy jihatdan tajriba almashishga yo‘l ochdi. Kelajakda bu kabi vebinarlar universitet kafedralarida izchil davom etadi. Vebinar TDShU rektori G.Sh.Rixsiyevaning ma’ruzachilarga minnatdorchilik so‘zlari bilan yakunlandi.