Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Asia Alliance Bank hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

23.02.2026, 13:04 Yangiliklar 61

Mazkur Memorandum oliy ta’lim va bank-moliya sohasi o‘rtasidagi amaliy integratsiyani kuchaytirish, iqtisodiyot yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarni mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash hamda ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida talabalarga bank ishi, moliya va zamonaviy moliyaviy xizmatlar sohasida amaliy bilim va ko‘nikmalar berish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Kelishuvga muvofiq, universitet talabalari Asia Alliance Bankning tegishli bo‘linmalarida ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarni o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu jarayon talabalarning nazariy bilimlarini real bank amaliyoti bilan mustahkamlash, moliyaviy jarayonlar, bank operatsiyalari va ichki boshqaruv mexanizmlari bilan yaqindan tanishishlariga xizmat qiladi.

Ushbu Memorandum universitet bitiruvchilarining bank-moliya sohasida muvaffaqiyatli faoliyat boshlashlari uchun mustahkam amaliy poydevor yaratadi.