Atoqli Belorus yozuvchisi Yakub Kolas byustining tantanali ochilish marosimi
Joriy yilning 24 avgust kuni Belarusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning tashrifi munosabati bilan Toshkent shahrida ulug‘ belorus yozuvchisi Yakub Kolas xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan byustning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanada Bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov va Belorus Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Mixail Rusiy hamda turli nufuzli tashkilotlar jamoalari qatori Toshkent davlat sharqshunoslik institute vakillari ham ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun aytish mumkinki, Yakub Kolas 1941-1992-yillarda Toshkentda yashab ijod etgan. Uning she’rlari fashizm balosiga qarshi urushayotgan jangchilarga katta ruhiy va ma’naviy quvvat bo‘lgan.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi