Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Axborot resurs markazi

Axborot resurs markazi

mmm Yuldasheva Marguba Melievna
Lavozimi Markaz direktori
Qabul kunlari: Har kuni (11:00-13:00)
Tel.:  71 252-65-84
E-mail: marguba_yuldasheva@tsuos.uz

Ommaviy resurslar (uzluksiz ta’lim)

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) uzluksiz ta’lim va bilimlardan ommaviy foydalanish tamoyillariga sodiqdir. Universitet o‘zining ta’lim va axborot resurslaridan nafaqat talaba va o‘qituvchilar, balki keng jamoatchilik vakillarining ham foydalanishiga imkon yaratadi. Bu tashabbus barcha yoshdagi insonlar uchun uzluksiz o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, universitetda oliy o‘quv yurtlari talabalari, ehtiyojmandlar, o‘qish va bilimini oshirish istagida bo‘lgan barcha uchun bepul kurslar tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublika Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrug‘i asosida TDSHU Axborot-resurs markazi tashkil etilgan.

 

Hozirgi kunda ARMda 5 ta bo‘lim mavjud:

  • Ilmiy uslubiy va axborot maʼlumot (davriy nashrlar) bo‘limi;
  • Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi;
  • Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi (abonentlarga xizmat ko‘rsatish, o‘quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda);
  • Elektron axborot –resurslar bo‘limi;
  • Xorijiy axborot resurslari bilan ishlash bo‘limi.

TDSHU ARMda 350 o‘ringa mo‘ljallangan 8 ta o‘quv zali mavjud. Shuningdek, talabalar turar joyida, universitetning bir qator til kafedralari qoshida ham kutubxona tashkil etilgan. TDSHU Axborot-resurs markazi zamonaviy texnika jihozlari bilan taʼminlangan: 2 server, 7 zamonaviy skaner, 5 nusxa ko‘chirish apparati, 10 ta printer va internet tarmog‘iga ulangan125 ta kompyuter mavjud. Shuningdek, 102 ta kompyuter elektron katalog va elektron adabiyotlardan foydalanish uchun ajratilgan.

Axborot resurs markazida “IRBIS32” programmasi asosida ish yuritiladi. ARMda shtrix kod raqamlarini o‘qiydigan barkodlar mavjud bo‘lib ular Axborot –resurs markazida aʼzo bo‘lgan barcha kitobxonlarga berilgan shtrix kod raqamlari ID nomerlarini va barcha kitoblarga berilgan shtrix kod raqamlarini o‘qiydi. Barkod apparati yordamida ARMga kelgan kitobxonlarning qatnovini, qancha kitob olganliklarini statistikasini olish yo‘lga qo‘yildi. Axborot –resurs markazida A-3 formatda zamonaviy tezkor skanerlar mavjud bo‘lib kutubxonaga kelgan barcha adabiyotlar raqamlashtirilib adabiyotlarning elektron shakli muntazam ravishda elektron shaklga o‘tkazib borilmoqda.

Axborot –resurs markazida kitob fondini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish va tarqatish sistemasi yo‘lga qo‘yildi. Kitobxonlar haqidagi maʼlumotlarning ham elektron bazasi shakillantirildi. Kutubxona fondidagi barcha adabiyotlarga shtrix kod raqamlari qo‘yildi. Shuningdek institut ARMda o‘quv adabiyotlarning va noyob kitoblarning maxsus FAIN Reader dasturidan foydalangan holda skaner qilib, ularning elektron resurslarini yaratish ishlari amalga oshiriladi. 40 000 ta nomdagi adabiyotning raqamlashtirilgan elektron shakllari elektron katalogga joylashtirilgan.

ARMda universitetda o‘qitiladigan barcha fanlardan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy fanlardan adabiyotlar, o‘zbek, rus, g‘arb va sharq tillarida nashr etilgan kitoblar mavjud.

Axborot –resurs markazida chet el davriy nashrlariga obunalar tashkil etilgan. Rossiya respublikasidan maxsus 8 nomdagi ilmiy jurnallarga obuna tashkil etilgan bo‘lib, barcha jurnallarni skaner qilinib elektron shaklga o‘tkaziladi va elektron katalogga joylashtiriladi.

ARMda universitetda o‘qitiladigan barcha fanlardan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy fanlardan adabiyotlar, o‘zbek, rus, g‘arb va sharq tillarida nashr etilgan kitoblar mavjud.

Universitet taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik monitoringi muntazam amalga oshiriladi.

Universitet taʼlim jarayoni uchun zarur o‘quv adabiyotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni kerakli nusxada nashr qilishga va sotib olish uchun  mablag‘ ajratiladi.

Universitet kutubxonasi

TDSHU kutubxonasi mahalliy jamoatchilik uchun ochiq o‘quv markazi sifatida faoliyat yuritadi. Adabiyotlarning aksariyat qismini esa darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar, ilmiy kitoblar, maqola va jurnallar tashkil etadi. Adabiyotlarning qog‘oz shakli, elektron, audio shakllari ham mavjud. Hozirgi kunda Axborot resurs markazidan TDSHU talabalari, professor-o‘qituvchilari, xorijiy talabalar hamda professor-o‘qituvchilar, shuningdek, universitetda o‘qimaydigan foydalanuvchilar ham pasporti bilan kelib bemalol foydalanishlari mumkin.

Kutubxonada 19090 nomdagi 134906 ta kitoblar mavjud bo‘lib, ular orasida 99492 ta darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, 21029 ta monografiya va 12080 ta o‘zbek hamda xorijiy tillardagi badiiy asarlar mavjud. Bundan tashqari, universitet kutubxonasida 12 nomda gazeta, 20 nomda jurnal, 372 ilmiy ishlarni o‘qish imkoniyati yaratilgan.

Universitetga a’zo bo‘lmagan tashrif buyuruvchilar ham ichki tartib-qoidalarga amal qilgan holda o‘quv zallari va axborot xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega. Quyidagi jadvalda esa, 2024-2025-o‘quv yilida kutubxona foydalanuvchilari soni keltirilgan:

Foydalanuvchilar soni Talabalar soni O‘qituvchilar soni ishchi-xodimlar soni Tashqaridan keluvchilar soni
 

6031

 

5287

 

329

 

250

 

165

Elektron resurslar

Bosma nashrlardan tashqari, TDSHU o‘z ichiga 19620 dan ortiq raqamli nashrlarni olgan elektron kutubxona tizimini ham taklif etadi. U sharqshunoslik, tilshunoslik, jahon siyosati, iqtisodiyot va pedagogika kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Mazkur platforma universitet veb-sayti orqali barchaga bepul ochiq bo‘lib, talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarga ishonchli ilmiy manbalardan foydalanish imkonini beradi. https://dilib.tsuos.uz/

Shuningdek, universitetda Hemis (hemis.tsuos.uz) avtomatlashtirilgan boshqaruv kredit-modul tizimi hamda Universitetning MOODLE (mt.tsuos.uz) masofaviy ta’lim portali barcha uchun to‘liq formatda faoliyat olib bormoqda. Platformalar doimiy ishlab turishi uchun server xonalarida barcha sharoitlar yaratilgan hamda professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar universitetning hududiy internet tarmog‘i (WiFi) va AKT vositalari bilan ta’minlangan.

Raqamli ta’lim tashabbuslari

Universitet professorlari va fan nomzodlari turli mavzularda ochiq ma’ruzalar va muhokamalarni e’lon qilib boradilar. Shuningdek, barcha foydalunuvchilar TDSHU Axborot resurs markazida joylashgan komyuterlardan, internetdan ham foydalanishlari mumkin. Bulardan tashqari TDSHUning rasmiy Veb-sayti  tsuos.uz, Facebook fb.com/tsuos.uz, Instagram instagram.com/tsuos.uz, YouTube youtube.com/c/tsuos, Telegram https://t.me/tsuos ijtimoiy tarmoqlaridagi ma’ruzalardan ham foydalanishlari mumkin. TDSHUning YouTube youtube.com/c/tsuos kanaliga joylangan universitet professor-o‘qituchilari tomonidan tayyorlangan 3 mingdan ortiq video ma’ruzalardan ham foydalanishlari mumkin.

 TDSHUning uzluksiz ta’limdagi roli

Mazkur tashabbuslar orqali TDSHU akademik muhit va jamiyat o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Universitet yuqori sifatli ta’lim resurslariga — bosma hamda raqamli shaklda — bepul kirish imkonini ta’minlab, insonlarni shaxsiy va kasbiy rivojlanish sari undaydi hamda inklyuziv va adolatli ta’lim maqsadlariga hissa qo‘shadi.


28.10.2025, 10:15 6844