Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ayolga baxt bering — saodat bering!

06.03.2026, 14:07 Yangiliklar 140

2026-yil 6-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga baxt bering — saodat bering!” nomli ma’rifiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.

Bayramona dastur doirasida kuy-qo‘shiqlar va she’rlar yangradi, shuningdek, “Dutorchi qizlar” ansambli tomonidan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorliqlari bilan bir qator ayol professor-o‘qituvchilar taqdirlandi, shuningdek, barcha ayol ustozlarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbir universitet jamoasida ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yana bir bor namoyon etib, barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.