Bank strategiyasi mavzusida uchrashuv
2025-yil 14-may kuni TDSHU Iqtisodiyot va menejment kafedrasi tomonidan talabalar uchun “Bank strategiyasi” mavzusida Biznesni rivojlantirish banki departament boshligʻi Yoqub Umarov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ekspert ma’ruzada bank strategiyasining asosiy yo’nalishlari, zamonaviy bank sektoridagi raqobat sharoitida biznesni rivojlantirish usullari va innovatsion yechimlar keng yoritildi. Talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash imkoniyati yaratildi.




