Barqaror rivojlanish maqsadlariga birgalikda erishamiz
2025-yil 10-fevral kuni 5 ta universitetning barqaror rivojlanish markazlari o’rtasida tuzilgan SDG Association ning birinchi uchrashuvi Toshkent Webster universitetida boʻlib oʻtdi. Barqaror iqtisodiy rivojlanish markazi hamda yoshlar ittifoqi jamoasi ushbu tadbirda faol ishtirok etdilar. Tadbirda Barqaror iqtisodiy rivojlanish markazi vakili Abdurahmon Ergashev ham nutq so’zlab, sertifikat bilan taqdirlandi.
✅Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
✅Toshkent Webster universiteti
✅Yangi Oʻzbekiston universiteti
✅Xalqaro Qishloq xoʻjaligi universiteti
✅British Management universitetlaridan talabalar faol qatnashdi. Xalqaro spikerlar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Uchrashuv doʻstona shaklda boʻlib oʻtdi.
Ularning kelgusidagi uchrashuvlari ham davomiy boʻlishlari aytib o’tildi.

