Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli taʼlim” III xalqaro konferensiya tashkil etilmoqda

21.01.2023, 17:15 E'lonlar 13398

BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga koʻra, 2016-yildan beri 11-fevral kunini “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” sifatida nishonlab kelinishi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oliy, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi, OʻzR Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi, Abdulla Qodiriy nomidagi Prezident ijod maktabi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent davlat sharqshunoslik universtiteti hamkorligida  “Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli taʼlim”  III xalqaro konferensiya tashkil etilmoqda.

Konferensiya mavzusi doirasidagi maqolalarni quyidagi tartibda

2023-yil 5-fevralga qadar @mrNodir_Karimov telegram manziliga yuborishingiz mumkin:

Mavzu: ______

F.I.SH.

Ish joyi, lavozim, ilmiy daraja va ilmiy unvon, e-mail.

Annotatsiya  (ingliz tilida)

Maqola matni (5-7 bet)

Xulosa va tavsiyalar

Maqolalar о‘zbek, rus va ingliz tilida bo‘lishi mumkin.

Konferensiya materiallari Google da indekslanadi va elektron DOI taqdim etiladi.

Bog‘lanish uchun telefon raqami: +998997951061

Taqdim etilgan maqola va materiallarda ilg‘or mahalliy hamda xorij tajribasi asosida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha tahlil va ayniqsa soha mutaxassislariga foydali, amaliyotga joriy etishga oid tavsiyalar bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Mavzu doirasidan tashqarida va umumiy gaplardan iborat maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

 

❗️Mualliflar uchun

🔰Konferensiya mavzusi: «Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli taʼlim” mavzusidagi III xalqaro konferensiya

✅05.02.23 gacha maqolalar qabul qilinadi

✅Kinferensiya badali: yo‘q

✅Konferensiya Online va offline formatda o‘tkaziladi

✅Barcha maqola berishi mumkin(erkak yoki ayol)

🔰Maqolalarda asosiy urg‘u

🎯T’alim sifatini oshirish
🎯Ilm-fanni rivojlantirish
🎯Gender tengligi kabi masalalarga berilsin.

E’TIBOR QILING!

🔰Maqolalar aniq tahlillarga asoslangan holda tayyorlangan holda berilishi, ilmiy xulosalar va takliflar ham bo‘lishi talab qilinadi.

05.02.23dan ekspertlar maqolalarni ko‘rishni boshlaydi.

✅Ular ijobiy deb taqriz berganidan keyin konferensiya to‘plamiga olinadi.

✅Ҳаr bir maqolaga DOI raqam berilishi hamda maqolalar Google Scholar, KiberLeninka, archive.org kabi bazalarda indekslanishi kutilmoqda.
✅Konferensiya maqolalari umumiy PDF shaklida jamlanadi, ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Maqolani rasmiylashtirish uchun namuna