Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Baxshichilik – millat ma’naviyatining o‘q tomiri

17.09.2021, 18:36 Yangiliklar 1783

Bugun oqinlar va jirovlar yurti Nukusda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘ladi.

Ulusning o‘zligini tanishida yuzyilliklar davomida sinov va tajribadan o‘tgan qadriyatlari, bobolardan qolgan o‘lmas yozma meros hamda avloddan-avlodga, otadan o‘g‘ilga, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan folklor asarlari ayricha asos bo‘lib xizmat qiladi.

 Shu bois o‘zbek xalqining mingyilliklar bilan bo‘ylashadigan teran ildizlari oziqlangan bebaho qadriyatlarining borligi, ayniqsa, ular ichida xalq og‘zaki ijodining baxshichilik va dostonchilik singari tengsiz san’atning mavjudligi millat ma’naviyatining o‘q tomiri, bitmas-tuganmas noyob manbaidir. Bu noyob san’at kishilikka olam va odamga bog‘liq hodisalar mohiyatini anglash, yurtga sadoqat, elsevarlik tuyg‘ularini shakllantirish, insonning hayotda yashashdan maqsadi, mehru oqibat, odamiylik mohiyati haqida jiddiy o‘ylash imkoniyatini beradi.

 TDSHUning Yoshlar bilan ishlash prorektori,

filologiya fanlari doktori, professor Q.Omonov

Maqolani to’lliq shakli bilan quyidagi havolada tanishing👇🏻

https://uza.uz/uz/posts/baxshichilik-millat-manaviyatining-oq-tomiri_302790