Bitiruvchi talabalar uchun bandlikka ko‘maklashishga qaratilgan uchrashuv va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
#Dolzarb90Kun #BiznesMarafon #Karyera
2025-yil 10-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi talabalari uchun bandlikka ko‘maklashishga qaratilgan uchrashuv va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.
Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zmilliybank” AJ hamda 50 dan ziyod xususiy sektor vakillari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir doirasida muvaffaqiyatli tadbirkorlar tomonidan «Biznes marafon» motivatsion seminar-treninglari o’tkazilib, soha vakillari tomonidan talabalarga munosib ish o’rnini topish bo’yicha kerakli maslahatlar berildi.



