DIREKTOR PENG DJU MANNING TDSHUGA TASHRIFI
2021-yilning 18-oktabr kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazining direktori Peng Dju Man TDSHUga tashrif buyurdi. Tashrif davomida birgalikda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Jumladan, 2021-2022 o‘quv yili davomida TDSHU va Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi koreys tili o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan maktablar uchun yangi avlod adabiyotlarini yaratish kelishib olindi.