“Dolzarb 90 kun” – Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025!
11-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi!
Turnirda universitetimizning eng iqtidorli va faol kibersportchilari o‘z mahoratini namoyish etib, chempionlik sari dadil odim tashlashdi. Bu nafaqat o‘yin, balki jamoaviy fikrlash, strategiya va texnologiyaviy savodxonlikni oshiruvchi muhim tajriba bo‘ldi.
Chempionatning maqsadi – yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va iqtidorli kibersportchilarni aniqlashdan iborat.
G‘oliblar keyingi — shahar bosqichida universitetimiz sharafini himoya qilishadi! Ularga omad va zafarlar tilaymiz!


