Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Do‘stlik” videoroliklar tanlovi

04.07.2020, 19:17 Yangiliklar 2923

Davlatimiz siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biri – yurtimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat.

Birlashgan Millatlar tashkilotining 2011-yil 3-maydagi rezolyutsiyasiga ko‘ra 30-iyul – “Xalqaro do‘stlik kuni” deb e’lon qilingan.

2020-yil 24-yanvar kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatida 30-iyul “Xalqaro do‘stlik kuni” munosabati bilan yurtimizda birinchi marta “Do‘stlik haftaligi”ni va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazishni taklif etdi.

Mamlakatimizda 2020-yil 23–30-iyul kunlari 30-iyul – “Xalqaro do‘stlik kuni” doirasida madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy va siyosiy tadbirlardan iborat haftalik o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga Haftalik doirasidagi “Do‘stlik” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda tashkilotchi deb ataladi) tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Hamkor takshilotchilar:

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi, O‘zA, MTRK, EOAVMA, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi.

Maqsad – do‘stlik g‘oyalarini tarannum etish, boshqa millat vakillari va boshqa dinga e’tiqod qilayotgan kishilar dunyoqarashiga nisbatan bag‘rikeng bo‘lish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishni targ‘ib qilish.

TANLOV ShARTLARI:

– insonlar va xalqlar o‘rtasidagi samimiy do‘stlik g‘oyalarini tarannum etish;

–  O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlar o‘rtasida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar;

– milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlarining faoliyati, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar va do‘stlik aloqalarini rivojlantirish;

– dunyo xalqlari, ayniqsa, yoshlar orasida turli millatlar tili, madaniyati, an’analari, urf-odatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish g‘oyalari aks etishi lozim.

Tanlov ishtirokchilari 27-iyul kuni quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

Eng yaxshi rolik” (1,2,3 o‘rinlar)

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan rolik” (1,2,3 o‘rinlar)

“Eng yaxshi animatsion rolik” (1,2,3 o‘rinlar)

“Eng yaxshi “3D” o‘lchamdagi rolik” (1,2,3 o‘rinlar)

Tanlovda g‘olib bo‘lgan videoroliklar “Do‘stlik” haftaligi davomida OAV va internet tarmog‘ida namoyish etib boriladi.

 Tanlovga qo‘yilgan videoroliklar Qo‘mita matbuot xizmatiga

(98) 304-61-08 telegram akkauntiga yoki gayratulla@mail.ru elektron manziliga yuborish kerak.

Aloqa telefonlari: (71) 253-58-09, (71) 253-58-72