Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Kampusdan tashqari ta’limga oid tadbirlar: Qo‘qon universiteti

2024-yil 13-avgust kuni Qo‘qon universitetida «Mamlakatimizda turizm sohasi uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari: muammo va yechimlar» mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir mamlakatimizda turizm sohasini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish, shu yo‘nalishda malakali kadrlar tayyorlash va hududlararo tajriba almashishni maqsad qilgan ta’limiy tashabbus sifatida tashkil etildi.

Seminarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) vakillari ham ishtirok etdilar. TDSHUning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori D. Sayfullayev «Rishton, Chust, Yangiqo‘rg‘on va Boysun tumanlarida etnoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari» mavzusida ma’ruza o‘qib, universitetning hududlar bilan amaliy hamkorlikda olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ta’lim tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi.

02.07.2025, 10:58 397