Elektron bazadan foydalanish bo‘yicha seminar-trening
26-dekabr kuni ToshDSHI Axborot-resurs markazida Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti professor-o‘qituvchilari, 27-dekabr kuni esa Tarix va falsafa, Koreyashunoslik va Xitoyshunoslik fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida fan va ishchi dasturda ko‘rsatilgan fanlarning adabiyotlar bilan ta’minlanganligining elektron bazasi hamda jurnallar kartatekasining elektron bazasidan foydalanish bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi.