Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Endi HSK imtihonini TDSHU Konfutsiy institutida topshirish mumkin

24.09.2025, 16:24 Yangiliklar 1115

2025-yil 24-sentabr kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva HSK xalqaro xitoy tili imtihoni markazi rahbari Dr. Li Peize bilan uchrashdi.
Uchrashuvda HSK markazi, TDSHU va Konfutsiy instituti o’rtasida 3 yoqlama shartnoma imzolandi.
Unga asosan, TDSHU huzuridagi Konfutsiy institutida shu yildan boshlab rasman HSK imtihonlari o’tkaziladi.

Bundan tashqari, mazkur markazda xitoy tili o‘qituvchilarining bilimini baholash uchun testlar tashkil etish masalasi ham ta’kidlandi. Boshqa soha mutaxassislari 2-mutaxassislik sifatida yoki intensiv kursni tamomlaganidan so‘ng, ushbu imtihonlarni topshirib, natijalarga ko‘ra talabgorlar xitoy tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lishlari qayd etildi.