“Eng iqtidorli yosh shoira” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan ToshDSHI talabasi
QUVONChLI XUShXABAR!!!
Joriy yilning 29-dekabrida Toshkent viloyati hokimi tomonidan Toshkent viloyati barcha tumanlarining faol yoshlari turli nominatsiyalar bilan taqdirlandilar. Ularning ichida “Eng iqtidorli yosh shoira” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan Sharq filologiyasi fakulteti, 1-kurs fors-ingliz guruhi iqtidorli talabasi Rahmonaliyeva Iroda ham bor. Taqdirlash marosimida shaxsan rektorimiz, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulchehra Rixsiyeva ishtirok etib, qizimizning ulkan yutug‘i bilan muborakbod etdilar. Bugungi tadbirda I. Rahmonaliyeva viloyat hokimi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho noutbuk bilan taqdirlandi.I. Rahmonaliyevani institutimiz rahbariyati, Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi jamoasi va talabalari nomidan chin dildan TABRIKLAYMIZ!!! Keyingi ishlarida ham Omad tilab qolamiz!