Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Eng yaxshi talaba maqolasi” tanlovi

07.12.2020, 20:58 Yangiliklar 1699

2020-yilning 20-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Mustaqil O‘zbekiston diplomatiyasi” mavzusidagi “Eng yaxshi talaba maqolasi” tanlovi e’lon qilingan edi. 3 oy davom etgan tanlovda universitet talabalari faol ishtirok etib, mamlakat tashqi siyosatidagi o‘zgarishlar jarayoni va yangilanayotgan O‘zbekistondagi asosiy yutuqlarni o‘z maqolalarida tahliliy yoritdilar.
Tanlov natijasiga ko‘ra, 4 bosqich talabasi Ahmedova Shahnoza G‘ayrat qizi 1-o‘rinni, 4 bosqich talabasi Xudoyqulov A’zamjon Xudoyberdi o‘g‘li 2-o‘rinni, 2 bosqich talabasi Islomov Shohjahon Sherzod o‘g‘li 3-o‘rinni egalladilar. Mazkur talabalar “Jahon siyosati” ta’lim yo‘nalishida arab-ingliz guruhlarida tahsil oladilar.
G‘oliblarga bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida universitet ma’muriyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

photo_2020-12-07_17-38-34 photo_2020-12-07_17-38-33