BRM 17 doirasida dars tashkil etildi
2024-yil 14-noyabr kuni G‘arb tillari kafedrasi o‘qituvchisi Komilova Dildora tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlarining 17-maqsadi — “Maqsadlar uchun hamkorliklar” mavzusida interfaol ochiq dars tashkil etdi. Ushbu dars 2-kurs Tarix, Yapon va Koreys yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda o‘tkazilib, talabalarga hamkorlikning ahamiyati, xalqaro sherikliklarning roli va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda turli tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari haqida chuqur tushuncha berildi.
Ochiq dars orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarni egallabgina qolmay, balki amaliy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, birgalikda ishlash va global hamkorlik tamoyillarini anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
