Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Yoshlarning innovatsion salohiyati va bandlik imkoniyatlari uchun maydon

“Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida, 2024-yil 11-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yoshlar akademiyasi tomonidan “Talaba-fest” innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Yusupov Muhammadayubning “UzTour Guid”, To‘rayev Muhammadayubxonning “Shajaramiz”, Iskandarov Azizbekning “Biznes huquqlari”, Ziyodullayev Samarxonning “Mini-Med Gadgets”, Ibragimova Dilruzaxonning “Halol eating” va Mahmudjonov Shohjahonning “Onlayn administrator” nomli innovatsion loyihalari taqdim etildi.

Mazkur ko‘rgazma yoshlarning ijodiy va texnologik salohiyatini namoyon etish, ularni start-uplar orqali band qilish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Bu kabi tashabbuslar BMTning 8-barqaror rivojlanish maqsadi – “Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish” bilan uyg‘unlikda amalga oshirildi.

26.06.2025, 09:57 400