Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Oliy ta’limda sifatni oshirish yo‘lida amaliy qadam

2024-yil 12-oktabr kuni Arabshunoslik oliy maktabi oʻqituvchilari uchun yangilangan modul tizimini to‘ldirish bo‘yicha uslubiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari, xususan, BRM 4 – Sifatli ta’limga muvofiq tarzda, o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda oliy ta’limda sifatli va inklyuziv ta’lim muhitini yaratishga qaratildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga yangilangan modul tizimining funksiyalari, fan dasturlarini tizimga to‘g‘ri kiritish, baholash mezonlarini belgilash bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, elektron platformaga ma’lumotlarni yuklashda yuzaga keladigan texnik masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ushbu tashabbus Arabshunoslik oliy maktabi professor-o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, sifatli va barqaror oliy ta’limni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

02.07.2025, 15:23 350