Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Nogironlarni qulay sharoitlar bilan ta’minlash

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti nogironlar uchun barcha sharoitlarni yaratadi va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 7 nafar chin yetim, 46 nafar nogironligi bo‘lgan, 67 nafar temir daftar va yoshlar daftariga kirgan talabalar mavjud. Universitet 2022-yilda Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari, jamoaga o‘rnak bo‘layotgan, turli ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etayotgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, qiynalgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijarada yashayotgan talabalarga moddiy yordam ajratilib kelinmoqda, jumladan:

– Ijarada yashayotgan 347 nafar talabalarga ijara puli har oyda jami
104 100 000 so‘m to‘lab berildi;

– Ijtimoiy himoyaga muhtoj talablar uchun 148 883 894 so‘m moliyaviy yordam berildi;

– Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun 666 800 000 so‘m mablag‘ sarflandi;

– Sharqshunos talabalarning kuzgi festivali uchun 33 600 000 so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi;

– Sharqshunos talabalarning ko‘klam festivali uchun 40 600 000 so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan hamda 1-2-3-4-kurslarda tahsil olayotgan ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning 52 nafariga Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda kontrakt pullari to‘lab berildi.

Shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tahsil olayotgan boquvchisini yo‘qotgan talabalarga subsidiya ajratish to‘g‘risida universitet rektorining 2022-yil 7-dekabrda 386-UM-sonli Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan universitet talabalariga o‘qiyotgan davrida ham o‘quv yilida bir marotaba o‘quv ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalarni ajratish bo‘yicha buyrug‘i chiqdi. Ushbu buyruqqa binoan tegishli talabalarga subsidiyalar ajratildi.

 

25.09.2023, 13:10 809