Til ta’limi va xalqaro hamkorlik yo‘lida
2024-yil 12-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi katta o‘qituvchisi Boburjon Samigov Indoneziya Respublikasi Ta’lim, madaniyat, tadqiqot va texnologiya vazirligi huzuridagi Ta’limni rivojlantirish agentligi hamda Indonesian Diaspora Network Global tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “Indoneziya diasporasi va indonezshunoslarning indonez tilini xalqarolashtirishdagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro vebinarda ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Mazkur tadbir sifatli ta’lim doirasida til o‘rganish va o‘qitish jarayonining xalqaro kontekstdagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi. Indonez tilining xalqaro miqyosda tarqalishi, bu tilni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish borasida vebinar muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu kabi tashabbuslar xorijiy tillarni o‘rganishdagi ilg‘or yondashuvlarni muhokama qilish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarning global bilim maydoniga integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
