Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Tinchlik va xalqaro muloqotni rivojlantirish yo‘lida

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) professori Sayfiddin Jo‘rayev hamda kafedra mudiri, dotsent Nilufar Xodjayeva O‘zbekiston Respublikasidagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan «Xalq diplomati» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu nishon ularning xalqaro muloqot, madaniy hamkorlik va tinchlikparvarlik diplomatiyasini rivojlantirishdagi fidokorona faoliyati uchun berildi. Bu e’tirof TDSHUning barqaror rivojlanish maqsadlaridan 16-maqsad — “Tinchlik, adolat va kuchli institutlar”ga faol hissa qo‘shayotganini yaqqol namoyon etadi.

Professor Jo‘rayev va dotsent Xodjayeva o‘zlarining ilmiy va akademik faoliyati orqali turli xalqlar va madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni mustahkamlash, xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish, va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqdalar.

TDSHU ushbu kabi tashabbuslar orqali nafaqat ilm-fan sohasida, balki xalqaro diplomatik aloqalarda ham faol ishtirok etib, yoshlarni va akademik jamoani barqaror tinchlik va hamkorlikka hissa qo‘shishga chorlamoqda.

26.06.2025, 10:55 319