Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Sog‘lom hayot va salomatlik” mavzusidagi ochiq dars

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Fuzaylova Nargiza tomonidan Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 1-kurs “Arab filologiyasi” yo‘nalishi talabalari bilan BMTning 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biri – BRM 3: “Sog‘lom hayot va salomatlik” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi.

Mazkur dars interaktiv shaklda o‘tkazilib, talabalarning nafaqat til ko‘nikmalarini, balki sog‘lom turmush tarzi, jismoniy va ruhiy salomatlik, pandemiyalarning oldini olish va global sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar haqidagi bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi.

Talabalar guruhlarga bo‘lingan holda sog‘liqni saqlash muammolari bo‘yicha tahliliy taqdimotlar tayyorlab, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, ruhiy salomatlik va zamonaviy tibbiyot xizmatlariga kirish imkoniyati mavzularida o‘z g‘oya va takliflarini bildirdilar. Shuningdek, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlar va BRM 3 bilan uyg‘unlikdagi yondashuvlar muhokama qilindi.

Dars yakunida talabalarga barqaror rivojlanish yo‘lida har bir shaxsning sog‘lom hayot tarzi muhim omil ekanligi ta’kidlandi.

26.06.2025, 09:17 338