Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Osiyo xotin-qizlari forumi

2024-yil 13-may kuni qadimiy va zamonaviy tamaddun uyg‘unlashgan Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan BRM 5 – Gender tengligini ta’minlash yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Forumda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva moderator sifatida faol ishtirok etdi. Shuningdek, Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi mudiri Hulkar Mirzaxmedova ham o‘z ilmiy-nazariy yondashuvlari va ilg‘or takliflari bilan forum ishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Ular forum davomida Xitoy Xalq Respublikasi hamda Eron Islom Respublikasidan tashrif buyurgan hukumat vakillariga hamrohlik qildilar. Muzokaralar chog‘ida ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ta’lim va mehnat bozorida teng ishtirokini ta’minlash, shuningdek, siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur forum BRM 5ga erishish yo‘lida mintaqaviy tajriba almashuvi, ilg‘or amaliyotlar va strategik yondashuvlar asosida gender tengligini mustahkamlash borasida muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

03.11.2025, 10:13 322