Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda shaxmat va shashka musobaqalari

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «V Sharqshunos talabalar festivali» doirasidagi ilk loyiha sifatida shaxmat va shashka turlari boʻyicha sport musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu intellektual bellashuvda 200 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etib, oʻz bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Musobaqa gʻoliblari quyidagilar boʻldi:

Shaxmat yoʻnalishi boʻyicha:

  • Nigʻmonjonov Ilhom – Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti, 4-bosqich talabasi
  • Qosimov Medeu – Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti, 4-bosqich talabasi
  • Norboyev Hasanbek – Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti, 2-bosqich talabasi

Shashka yoʻnalishi boʻyicha:

  • Nurmurodova Sabrina – Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti, 1-bosqich talabasi
  • Qurbonov Doston – Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, 1-bosqich talabasi
  • Ikromov Doston – Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti, 4-bosqich talabasi

Musobaqa soʻnggida gʻolib va sovrindorlar universitet tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu esa talabalar oʻrtasida sport va intellektual rivojlanishni ragʻbatlantirish bilan birga, ularning moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga xizmat qildi.

Mazkur tashabbus ta’lim muassasasining talabalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlaridan dalolat beradi.

02.07.2025, 11:25 363