Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Cho‘llanishga qarshi kurash

2021-yil 25-noyabrda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirish belgilab berildi. Bu loyihani ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 27-oktabrda Yaponshunoslik fakultetiga 30 nafar yaponiyalik ko‘ngillilar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Orol muammosi yuzasidan davra suhbati va universitet hududida tup daraxt ekish ishlari amalga oshirildi.

Yaponiyalik ko‘ngillilarning yurtimizga safari mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida OISCA tashkiloti tomonidan tashkil qilindi. Tashrif davomida yapon ko‘ngillilari Orol dengizining qurigan 10 gektar tubiga 10 ming tup daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirdilar.

Bundan tashqari, 28-oktabr kuni esa Yaponshunoslik fakulteti jamoasi mazkur dastur doirasida kuzgi daraxt ekish ishlari bilan shug‘ullandilar.

photo_2024-05-28_10-16-06photo_2024-05-28_10-16-09photo_2024-05-28_10-16-12

28.05.2024, 10:17 100