Konfutsiy Institutlari Forumi
2024-yil 27-sentyabr kuni Pekin chet tillar va madaniyat universitetida “Konfutsiy Institutlarining 20 yilligi” munosabati bilan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir global miqyosda ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida e’tirof etildi.
Forumda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, Konfutsiy institutining O‘zbekistondagi direktori Saodat Nasirova 10 yillik samarali faoliyati uchun taqdirlandi va dunyoda eng birinchi ta’sis etilgan Konfutsiy instituti direktori sifatida ochilish marosimida nutq so‘zladi.
Shuningdek, TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyevaning Konfutsiy institutlarining 20 yilligi munosabati bilan yuborgan tabrik nutqi forumda namoyish etildi.
Mazkur ishtirok va e’tiroflar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniy-ta’limiy aloqalarni chuqurlashtirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida barqaror hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
https://mp.weixin.qq.com/s/-lps4zRFnWzmk5bc2sH_Ug
