Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasida hamkorlik

2024-yil 14-15 dekabr kunlari Xitoyning Gansu provinsiyasida joylashgan nufuzli universitetlardan biri Shimoli-g‘arbiy pedagogika universitetida “Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasida gumanitar almashinuv va hamkorlik bo‘yicha 7-xalqaro forumi” bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro tadbirning ochilish marosimida TDSHU Strategik rivojlantirish va transformatsiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshoda Xodjimuratova hamda Xitoyshunoslik oliy maktabi katta o‘qituvchisi Noiba Valiyeva o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ushbu forum Barqaror rivojlanish maqsadlari-17 (BRM-17) doirasida bo‘lib, forum davomida markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoyning yetakchi olimlari, mutaxassislari hamda ta’lim muassasalari vakillari o‘zaro fikr almashdilar, so‘nggi ilmiy yutuqlar, tajribalar va istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan muhim muhokamalar olib borildi. Tadbir doirasida gumanitar sohadagi dolzarb mavzular, xalqlararo madaniyat almashinuvi, til va ta’lim sohasidagi integratsiya jarayonlari hamda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi omillar keng qamrovda ko‘rib chiqildi.

 

01.08.2025, 14:50 312