Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Shanhay universiteti bilan hamkorlik kengaymoqda

TDSHU rektori G.SH.Rixsiyeva Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida 2024- yil 31- may kuni QS xalqaro reytingida 514-o‘rinda turuvchi Xitoyning yirik Shanhay universiteti (SHU) Vitse prezidenti Prof. Hu Davei bilan uchrashdi.

TDSHU delegatsiyasi kun davomida SHUning Liberal san’at instituti va Iqtisodiyot instituti rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Liberal san’at institutiga tashrif mobaynida fakultet dekani Prof. Liu Xuguang o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun TDSHU rektori G.Rixsiyevaga institutning maxsus professori hujjatini topshirdi. Ikki universitet o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilinib, kelishuvlarga erishildi.

Mazkur uchrashuv Shanhay universiteti rasmiy vebsaytida ham yoritildi. https://www.shu.edu.cn/info/1056/346845.htm

26.06.2025, 10:18 299