Multon Universiteti bilan hamkorlik
2023-yil 16-mart sanasida TDShU “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati”, “Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo” tillari kafedrasi hamda Multon Universiteti universiteti bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston va Pokiston xalqlari oʻrtasidagi lisoniy-adabiy, madaniy-ma’rifiy mushtaraklik” nomli 1 kunlik (online) xalqaro seminar oʻtkazildi.
Ushbu seminarda Multon universitetining professor-oʻqituvchilari, Xazara Universiteti dotsenti Muhammad Altaf Yusuf Zai, “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati” kafedrasi, “Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo” tillari kafedralarining professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.
Seminardan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston va Pokistonda tilshunoslik hamda adabiy-madaniy sohalarda olib borilayotgan ishlar boʻyicha fikrlar almashinuvi, professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari, ustoz va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish bo‘ldi.