“Eurasia Data Center & Cloud” forumi doirasidagi hamkorlik
2024-yil 5-noyabr kuni Hilton mehmonxonasida “Eurasia Data Center & Cloud” III-xalqaro forumi tashkil etildi. Forumda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Media markazi rahbari Qahramon Narimonov hamda Raqamli texnologiyalar markazi direktori Abdulloh Bakiyev ishtirok etdilar.
Ushbu forumda O‘zbekiston va butun Yevroosiyo hududidan mutaxassislar va manfaatdor tomonlarni birlashtirib, ma’lumotlar markazlari va bulutli provayderlarni ta’minlash, bozorni rivojlantirish istiqbollari, iqtisodiy modellar hamda biznes ma’lumotlar markazlari haqida muhokamalar olib borildi. Shuningdek, ma’lumotlar markazlarining muhandislik infratuzilmasi, zamonaviy yechimlar, bulutli saqlash, asosiy tendentsiyalar va IT sohasidagi muammolar ko‘rib chiqildi.
Mazkur forum mintaqaviy va xalqaro hamkorlik, tajriba almashish va sherikchilikni rivojlantirishga xizmat qildi. Ushbu forum texnologik innovatsiyalarni ilgari surish, barqaror infratuzilmani yaratish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etdi.
