Barqaror rivojlanish doirasida hamkorlik
2023-yil 27-dekabr kuni Turizmni qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan “Turizm fidoiysi” ko‘krak nishoni turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qoʻshgan bir guruh davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlariga tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlanganlar ichida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalarining mas’ul rahbarlari, jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva ham bo‘lib, ularning hududlarda turizm salohiyatini oshirish va ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlashdagi samarali faoliyatlari alohida e’tirof etildi.
https://edu.uz/uz/news/view/6324