Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xodimlar uchun madaniy tadbirlar

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida universitet xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun madaniy, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish ishlari doimiy amalga oshirilib kelinadi.

Xususan, 2023-yilda 17 nafar professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarning farzandlarini “West camp” dam olish oromgohlariga yuborish uchun 47 309 000 so‘m miqdorida pul mablag‘ yo‘naltirildi.

Davlat dasturlarini bajarish borasida mehnatkashlar va yoshlar o‘rtasida taniqli fan, adabiyot va san’at arboblari, adabiyotshunoslar, ishlab chiqaruvchilarni jalb etgan holda, turli mavzudagi mazmunli va qiziqarli uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir nomi Bilet berilganlar Bilet narxi Yo‘llanma summasi
Baxrom Nazarovning konsert dasturi 80 nafar 100 000 so‘m 8 000 000    so‘m
O‘zbekiston estrada yulduzlarining gala konserti 50 nafar 200 000 so‘m 10 000 000 so‘m
11-noyabr O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Samarqand shahriga sayohat 50 nafar 150 000 so‘m 7 500 000 so‘m
Jamoa a’zolarining farzandlariga yangi yil bayrami tadbirlari 412 nafar 40 000 – 65 000 so‘m 19 280 000 so‘m

Bu kabi tadbirlar xodimlarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazib, kelajakda o‘z faoliyatida o‘zgacha ishtiyoq bilan ishlarlariga turtki bo‘ladi.

photo_2024-07-03_14-19-24 photo_2024-07-03_14-19-27 photo_2024-07-03_14-19-30

03.07.2024, 14:20 55