Ekotizimlar barqarorligi va migratsiya
2024-yil 19-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” instituti huzuridagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi doktoranti Baxtiyor Ismoilov tomonidan “Iqlim omillarining migratsiya jarayonlari va barqaror rivojlanishga ta’siri” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar Barqaror rivojlanish maqsadlari – xususan, 15-Maqsad: Quruqlikdagi ekotizimlarni saqlash doirasida muhim ahamiyat kasb etdi. Unda iqlim o‘zgarishining tabiiy resurslar va ekotizimlarga ta’siri, qishloq hududlarida yashash sharoitining yomonlashuvi natijasida yuzaga kelayotgan migratsiya oqibatlari va bu jarayonlarning ekologik barqarorlikka ta’siri keng muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar migratsiyani kamaytirish va ekotizimlarni saqlashga qaratilgan ilg‘or amaliyotlar, xalqaro hamkorlik va hududiy barqaror rivojlanish strategiyalarining ahamiyati haqida fikr almashdilar.
