Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ta’lim va innovatsiyalar qashshoqlikni qisqartirish vositasi sifatida

2024-yil 19-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy–tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan Sharq mamlakatlari, iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti talabalari uchun “Talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i To‘rayev Laziz universitetda talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, shuningdek, Ogahiy, Suyima G‘aniyeva va Rektor stipendiyalari, turli konferensiyalar, tanlovlar hamda “START UP” loyihalari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, fakultet dekani o‘rinbosarlari O. Mardayev va X. Mustapovalar fakultetda talabalar uchun tashkil etilgan klublar faoliyati haqida ham batafsil ma’lumot taqdim etdilar.

Talabalarni ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarga jalb qilish ularning akademik va kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Ilmiy loyihalar, stipendiyalar va startap tashabbuslari yoshlar uchun ijodiy fikrlash va ilmiy izlanishlarni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Bunday tashabbuslar natijasida talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini kengaytirish bilan birga, kelajakdagi akademik va innovatsion faoliyatlariga mustahkam poydevor yaratish imkoniga ega bo‘ladilar.

photo_2025-04-12_13-30-57

28.04.2025, 02:09 372