Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Kampusdan tashqari ta’limga oid tadbirlar: 133-maktab / 2

2024-yil 18-oktabr kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligida professor-o‘qituvchilar poytaxtimizdagi 133-maktabga tashrif buyurdilar.

133-maktabda TDSHU jamoasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  1. Maktabdagi yapon tiliga ixtisoslashtirilgan sinflar uchun yapon tili darsliklari va yaponcha badiiy kitoblar o‘rin olgan kichik kutubxona tashkil etildi.
  2. Maktab ma’muriyati tomonidan ajratilgan ikkita sinfxona yapon madaniyati bilan bog‘liq devoriy tasvirlar hamda yapon yozuv tizimi aks etgan suratlar bilan bezatildi.

Universitet professor-o‘qituvchilari o‘quvchilar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning savollariga javob berdilar hamda o‘quvchilarning kelajakdagi rejalari bilan tanishdilar.

02.07.2025, 15:26 268