Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Kampusdan tashqari ta’limga oid tadbirlar: 18-maktab

TDShU hamkori, XXRning Gansu provinsiyasi YUNESKO tashkiloti vakili Pronjkina Olga va Gansu provinsiyasi siyosatshunoslik va huquq universiteti Xitoy adabiyoti va jurnalistika fakulteti dotsenti Ayjan Belek, Xitoyshunoslik oliy maktabi boshlig‘i dotsent F. Xasanova hamrohligida Chirchiq shahridagi 18-sonli o‘rta ta’lim maktabga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida xitoylik mutaxassislar maktab o‘quvchilari uchun “Dunxuan shahri yodgorliklari”, “Xitoy madaniyati” kabi mavzularda amaliy dars o‘tdilar.

Darslardan so‘ng maktab direktori Ulug‘bek Imomaliev bilan istiqboldagi rejalar xususida suhbat bo‘lib o‘tdi.

02.07.2025, 16:36 354