Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kadrlar siyosati

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida majburiy mehnat, odam savdosi, bolalar mehnatiga qarshi siyosati mavjud. Universitetda majburiy mehnat, odam savdosi, bolalar mehnatiga qarshi chora-tadbirlar, seminar-treninglar doimiy o‘tkazilib kelinadi.

Boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushmasi tashkilotchisi kasaba uyushmasi qo‘mitasiga berilgan vakolatlar doirasida ishlab chiqarish, mehnat, maishiy, dam olish va boshqa masalalarda universitetning kasaba uyushmasi a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab faoliyat olib boradi va ularni majburiy mehnatdan himoya qiladi.

Kasaba uyushmasi tashkilotchisi kasaba uyushmasi a’zolari bilan yakka tartibda ish olib boradi, ularning har birini jamoat ishlarida faol ishtirok etishga jalb etadi, xodimlarning mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilash, ularning salomatliklarini mustahkamlash va dam olishlarini tashkil etish borasida g‘amxo‘rlik qiladi.

Universitet kasaba uyushmasi universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy qullikning har qanday ko‘rinishlaridan himoya qilish, majburiy mehnatdan asrash ishlarin olib boradi. Kasaba uyushmasi universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarini sog‘lomlashtirish, sog‘liqliklarini qayta tiklash maqsadida ularga uyushma va ijtimoiy sug‘urta byudjeti mablag‘lari hisobidan sanatoriy, dam olish uylari, sanatoriy-profilaktoriy hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanmalar taqdim etadi.

Shuningdek, universitetda yirik xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda majburiy mehnat, zamonaviy qullik, odam savdosi va bolalar mehnatidan qochish bo‘yicha seminar-treninglar, tadbirlar va tanlovlar o‘tkazib turiladi.

 

25.09.2023, 15:57 723