Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Oliy ta’lim va sanoat sohasida mahalliy hamkorlikni rivojlantirish

2024-yil 15-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Rixsiyev Baxodir tashrif buyurdi.

Universitet rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqotlar chog‘ida, oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida samarali integratsiyani ta’minlash, talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, yosh olimlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash va innovatsion hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ushbu ikki tomonlama hamkorlik orqali oliy ta’lim muassasalari bilan iqtisodiyotning real sektori o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishga katta ahamiyat qaratildi.

Uchrashuv yakunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va  “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, bu esa mahalliy hamkorlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim qadam bo‘ldi.

02.07.2025, 11:16 243